University Education Scientific and innovative activity
International relations Student life Admission 2023 SDG
English
Oʼzbekcha Русский
Network error!
Home page   >   NEWS

“Yashil iqlim” va oziq-ovqat mahsulotining sifati hamda xavfsizligini ta’minlashning huquqiy masalalari”

Toshkent davlat yuridik universitetida shu mavzuda xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etilmoqda.

TDYU “Ekologiya huquqi” kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan konferensiya 8-iyun 1:00 dan boshlab TDYU 1-bino kengashlar xonasida o‘tkaziladi.

Xalqaro anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi deputatlari, BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi agentligi, Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi mutaxassis va xodimlari, AQSh, Rossiya Federatsiyasi, Polsha, Qozog‘iston, Tojikiston davlatlarining oliy ta’lim muassalari, O‘zbekiston Milliy universiteti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Jamoat xavfsizligi universiteti, Bojxona instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent davlat agrar unversiteti, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, Termiz davlat universiteti hamda Toshkent davlat yuridik universitetining professor-o‘qituvchilari, doktorant va mustaqil izlanuvchilari ishtirok etadi.

BMTning Taraqqiyot Dasturi moliyaviy ko‘magida asosida o‘tkazilayotgan konferensiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad barqaror rivojlanish jarayonida iqlim o‘zgarishlarining ta’sirini kamaytirish va uning oqibatlarini yumshatish, ushbu sohadagi xalqaro ekologik talablar va xorijiy mamlakatlar tajribasini milliy qonunchiligimiz va amaliyotimizga joriy etish, shuningdek, iqlim o‘zgarishlari sharoitida oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligini ta’minlashga oid qonunchilik asoslarini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqishdir.

Anjuman natijalari to‘plam shaklida chop qilinadi. To‘plamda o‘z materiallarini chop etishni istaganlar maqolalarini ilovaga muvofiq 20-iyunga qadar quyidagi telefon raqamga telegram orqali yuborishi kerak: +99891 967-99-68

Xalqaro kanferensiyada quyidagi ZOOM-link orqali ham ishtirok etish mumkin: https://undp.zoom.us/meeting/register/tZYkc-yppzwpG9xYyiwMwYeiuqabR9o7b1al⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠