Toshkent davlat yuridik universiteti Xususiy huquq fakulteti Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi kafedrasi tomonidan tashkil etilayotgan anjuman 15-may 16:00da TDYU 3-bino 221-xonada boshlanadi.
Gibrid (onlayn va oflayn) shaklda bo‘lib o‘tadigan konferensiya materiallari asosida to‘plam ham nashr etiladi. To‘plamda ilmiy materiallarini chop etishni istaganlar mavzuga oid ilmiy maqola va tezislarini 26-mayga qadar o‘zbek, ingliz yoki rus tillarida @Nurullo_Abdusamatov Telegram manziliga yoki +99890 050-99-08 telefon raqamiga yuborishi kerak.
Maqola va tezislarga qo‘yilgan talablar:
1. Maqolada konferensiya mavzusiga aloqador, tizimli tahlil hamda aniq yangi nazariy va amaliy takliflarning aks etishi;
2. Matn mantiqiy izchil, bayon qilingan fikrlar aniq, qisqa va lo‘nda bo‘lishi;
3. Keltirilayotgan ma’lumotlar ishonchli va to‘g‘ri bo‘lishi;
4. Matn o‘zbek, rus yoki ingliz tillaridan birida taqdim etilishi;
5. Matn kompyuterda Microsoft Word dasturining Times New Roman shriftida 14 kattalikda 1,5 intervalda A4 formatli standart oq qog‘ozning bir tomonida yozilishi, elektron nusxada taqdim etilishi hamda matnning chap qismi 3 sm, o‘ng qismi 1,5 sm, tepa va pastki qismlari 2 sm bo‘lishi;
6. Maqolada ilmiy bahs-munozara, iqtiboslarning mavjud bo‘lishi; iqtiboslar 10 kattalikdagi shriftda 1,0 intervalda yozilishi (iqtiboslar tegishli betning pastki qismida keltirilishi);
7. Maqolaning hajmi 3-7 bet bo‘lishi;
8. Maqolaning birinchi sahifasida muallifning ism-sharifi, ilmiy darajasi va unvoni, ish joyi va lavozimi, telefon raqamlari yozilishi kerak.
Keltirilayotgan ma’lumotlar ishonchli va to‘g‘ri bo‘lishi lozim hamda bunga maqola (tezis) egasi shaxsan javobgar hisoblanadi
Tashkiliy qoʻmita ma’ruzalar tezislari va maqolalarni saralash hamda ularni elektron koʻrinishda chop etishni oʻz zimmasida qoldiradi.
Materiallar yuqoridagi talablar asosida qabul qilinadi.