Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU delegatsiyasi Xorvatiyaning Zagreb universitetida stajirovka o‘tadi

Toshkent davlat yuridik universiteti Xususiy huquq fakulteti dekani Bekzod Musayev, Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi mudiri Ixtiyor Bekov, Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi mudiri Dildora Bazarova va Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi professori Baxtiyor Xidoyatov Xorvatiyaning Zagreb universitetida stajirovka o‘tadi.

Stajirovka davomida delegatsiya a’zolari Zagreb universiteti Huquq fakulteti rahbariyati bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Muzokaralar davomida Zagreb universiteti o‘quv dasturlari va zamonaviy ta’lim metodlari bilan tanishildi, ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatish, xalqaro konferentsiyalar va ilmiy nashrlar borasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhim masalalar yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Stajirovka doirasida “PRELAB HORIZON-MSCA-2022-SE” loyihasi faoliyati o‘rganildi. TDYU delegatsiyasi a’zolari ushbu loyiha hamkorligida ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtirok etib, Xorvatiya Konstitutsiyaviy sudiga tashrif buyurdi.

Shuningdek, Xorvatiya Migratsiya instituti va Zagreb universiteti Huquq fakulteti Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan o‘zaro o‘quv va ilmiy-tadqiqot faoliyatida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.

Tashrif natijasida TDYU va Zagreb universiteti, Xorvatiya Migratsiya instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolanishi va doimiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda.

Ma’lumot uchun: Toshkent davlat yuridik universiteti Yevropa Ittifoqining tadqiqot va innovatsiyalar bo‘yicha HORIZON-MSCA-2022-SE-01 “Precarious Labour in Asia: Exploring Challenges and Solution to Labour Insecurity through Case-Study-Based Evidence from 8 Asian Countries (Project 101129940 — PRELAB)” loyihasida YI ning qator ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari — University of Latvia (Latviya), Dublin City University (Irlandiya), Universitatea din Bucuresti (Ruminiya), Partnere ne zgjidhje dhe zhvillim (Albaniya), Sveuciliste u Zagrebu (Xorvatiya), Universitat Bremen (Germaniya), Universiteit Antwerpen (Belgiya) bilan birgalikda hamkor tashkilot sifatida ishtirok etib kelmoqda.

Hodisalar

Barcha e'lonlar