Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

G‘afur G‘ulom nomidagi ko‘krak nishoni va maxsus stipendiya sohiblari aniqlandi

Xabaringiz bor, Toshkent davlat yuridik universitetida G‘afur G‘ulom hayoti va ijodini keng targ‘ib qilishda faollik ko‘rsatgan professor-o‘qituvchi va talabalar hamda jamoatchilik vakillarini adib nomi bilan ataluvchi ko‘krak nishoni va maxsus stipendiya bilan taqdirlash yo‘lga qo‘yilgan.

Joriy yilda ham mazkur ko‘krak nishoni va maxsus stipendiya sohiblari aniqlanib, adib tavalludining 122 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan madaniy tadbirda o‘z egalariga topshirildi.

Quyida ular bilan tanishishingiz mumkin:

G‘afur G‘ulom nomidagi ko‘krak nishoni sohiblari:

— Elmira Bozorova, Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti 2-kurs talabasi;

— Nazokat Umarova, Jinoiy odil sudlov fakulteti 3-kurs talabasi;

— Salomat Hamidova, Ommaviy huquq fakulteti 3-kurs talabasi;

— Nargiza Axtamova, Xususiy huquq 3-kurs talabasi.

G‘afur G‘ulom nomidagi maxsus stipendiya sohiblari:

— Aysulu Muratbayeva, Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti 2-kurs talabasi;

— Sevinch Sultonova, Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti 2-kurs talabasi;

— Shoira Ismoilova, Ommaviy huquq fakulteti 2-kurs talabasi;

— Xurshidabonu Haydarova, Xususiy huquq 2-kurs talabasi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar