Университет Образование Научно-инновационная деятельность
Международная деятельность
I квартал 2024 года
Студенческая жизнь Прием 2023 SDG
Русский
Oʼzbekcha English
Network error!
Network error!

Abdumumin Yuldashov YevroOsiyo yuristlar assotsiyatsiyasi ta’sis yig‘ilishida ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi

Abdumumin Yuldashov YevroOsiyo yuristlar assotsiyatsiyasi ta’sis yig‘ilishida ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi

 

Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida YevroOsiyo xalqaro hamkorlik tashkiloti tomonidan “Yangi davr — yangi yo‘llar” mavzusida tashkil etilgan butunjahon forumi doirasida “YevroOsiyo yuristlar assotsiyatsiyasi” ta’sis yig‘ilishi o‘tkazildi.

 

Mazkur yig‘ilishda Toshkent davlat yuridik universiteti Intellektual mulk huquqi kafedrasi mudiri o‘rinbosari, dotsent, y.f.f.d (PhD) Abdumumin Yuldashov ham ishtirok etib, O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasida intellektual mulk muhofazasiga doir tegishli ma’ruza qildi.

 

Forumning mazkur sessiyasi “YevroOsiyo yuristlar assotsiyatsiyasi — turli mamlakatlar yuridik hamjamiyatlarining o‘zaro muloqotining yangi formati” mavzusida tashkil etilib, unda arbitraj tartib-taomillari, transchegaraviy nohalol raqobat, parallel import hamda intellektual mulk muhofazasi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan dunyoning 30 dan ortiq mamlakatidan kelgan mutaxassislar ishtirokida muhim ma’ruza va muhokamalar o‘tkazildi.

Анонсы

Все анонсы