Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Ilmiy boshqarma

Bizning maqsadimiz

Ilmiy boshqarma — Toshkent davlat yuridik universitetini ilmiy salohiyatini ko‘tarish va xalqaro reytinglarga kirishidagi eng katta boshqarmasi hisoblanadi. 

Biz ilmiy salohiyatni kuchaytirish, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot mavzulari bazasini shakllantirish, ilmiy maktablar va ilmiy to‘garaklar  faoliyati samarali tashkil etilishini muntazam ravishda muvofiqlashtirib borish, tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qabul, malakaviy imtihonlar, izlanuvchilar faoliyati samaradorligi monitoringi ishlarini tashkil etish, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari hamda boshqa tashkilotlar, shuningdek, xorijiy yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, Scopus va Web of Science xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalaridagi jurnallarda maqolalar chop etish ishlari, universitetni xalqaro tan olingan tashkilotlar reytinglaridagi eng yaxshi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish, shuningdek, uning milliy reytingdagi o‘rnini yuksaltirish bo‘yicha ishlarni maqsad qilganmiz. 

Ayni paytda biz dunyoning xalqaro e’tirof etilgan QS (Quacquarelli Symonds World University Rankings), THE (Times Nigher Education) tashkilotlarining reytingiga kirish faoliyatida ishtirok etmoqdamiz.   

Shuningdek, bugungi kunda 12 dan ortiq mustaqil izlanuvchilar va doktorantlar Qozog‘iston, Tojikiston, Afg‘oniston Islom Respublikasi, davlatlaridan kelib universitetning oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. 

Universitet huzurida 14 ta ixtisoslik bo‘yicha fan doktori (DSc) 

va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi ilmiy kengashlar tuzilib, muvafaqqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Bizning loyihalarimiz:

So‘ngi ikki yilda biz universitetda quyidagi tadbirlarni tashkil etdik. 

Bular:  

Universitetda huquq sohasidagi xalqaro ma’lumotlar bazalaridan (LexisNexis, Westlaw, JSTOR va b.) foydalanish imkoniyati yaratildi.

“Huquqingiz bor” loyihasi doirasida tayyorlangan ilmiy-ommabop risolalar joylashtirilmoqda.

Legalreport.tsul.uz platformasi faoliyat yuritmoqda.

“Yosh olimlar klubi”(Young Scholars Club) tashkil etildi.

“Ustoz-shogird” an’anasini izchil ravishda amalga oshirish uchun universitetda talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanish borasidagi qiziqishlarini oshirish, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning faol va jonkuyar ishtirokchisiga aylantirish, universitetning mamlakatimiz ilmiy hamjamiyatida munosib o‘ringa ega bo‘lishini ta’minlash maqsadida 37 ta ilmiy maktab va 41 ta ilmiy to‘garaklar tashkil etildi. 

Boshqarmamizning xodimlari universitet va respublikadagi oliy ta’lim  muassasalari tomonidan tashkil etilayotgan turli tadbir, musobaqa va tanlovlarning faol ishtirokchisidir.

Bizning xodimlarimiz:

Bizning manzil:Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy, TDYuU 3-o‘quv binosi, 230-xonaMurojaat uchun telefon: (71) 233-66-36, 1042, 1043 (ichki) Elektron pochta: info@tsul.uz 

F.I.Sh.

Lavozimi

Ergashev Ikrom Abdurasulovich

boshqarma boshlig‘i

Boboeva Go‘zal Nurmatovna

bo‘lim boshlig‘i

Raxmonov Otabek Qo‘chqor o‘g‘li

bosh mutaxassis

Hamidov Nurmuxammad Orif o‘g‘li

bosh mutaxassis

Yuldoshbekov Avazbek Alisher o‘g‘li

bosh mutaxassis

Soipov Humoyun Xusniddin

bosh mutaxassis

Xudoynazarov Dadaxon Avaz o‘g‘li

yetakchi mutaxassis

Zokirov Sardorjon Karimjon o‘g‘li

yetakchi mutaxassis

Omonqulova Nozimaxon Ergash qizi

yetakchi mutaxassis