Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!
БЫСТРЫЕ ССЫЛКИ
Ijtimoiy tarmoqlar
Taʼlim sifatini nazorat qilish bo‘limi
Bo`lim haqida

Taʼlim sifatini nazorat qilish bo‘limi 


Shiorimiz: “Qonun ustuvorligi va ijtimoiy adolatni sifatli yuridik taʼlim olgan huquqshunos kadrlar taʼminlaydi!”

Bizning bo‘lim Universitetdagi yangi tashkil etilgan, g‘ayratli va salohiyatli yoshlardan iborat bo‘limlardan biridir.

Bo‘limning asosiy maqsadi universitet talabalari bilimlarining davlat taʼlim standartlariga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish, institutni ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish va uning natijalari bo‘yicha taʼlim sifatiga salbiy taʼsir etuvchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish va oldini olish choralarini ko‘rish, universitetda taʼlim sifatini oshirish, yetuk, raqobatbardosh, zamonaviy fikrlaydigan, salohiyatli yuridik kadrlar tayyorlashga munosib hissa qo‘shish.

Faoliyatimizning asosiy tamoyili: “Taʼlim jarayonida sifatni qadrlash va doimo unga intilish”.

Bizning vazifalarimiz:

· universitetda taʼlim sifatini taʼminlash maqsadida tizimli nazoratni tashkil etish;

· taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini taʼminlash;

· taʼlim sifatini belgilovchi ko‘rsatkichlarning holatini monitoring qilish;

· universitetni ichki attestatsiyadan o‘tkazishda ishtirok etish;

· universitet reytingini xalqaro darajaga ko‘tarishga qaratilgan chora- tadbirlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;

· o‘quv jarayoni bilan amaliyot o‘rtasidagi integratsiya jarayonlarini o‘rganish.

Universitetda taʼlim sifatini oshirish uchun dars jarayonlarini o‘rganib, tahliliy hujjatlar tayyorlab boramiz.

Faol, qiziqarli va sifatli mashg‘ulotlarni olib boradigan professor-o‘qituvchilarni rag‘batlantirish bo‘yicha universitet rahbariyatiga takliflar kiritamiz.

Taʼlim sifatini oshirish yo‘nalishlarini aniqlash uchun talabalar o‘rtasida turli sotsiologik tadqiqotlar (so‘rovlar) o‘tkazib boramiz.

Bizning xodimlarimiz:

Yakubov Shuhrat Ummatalievich  ta'lim sifatini nazorat qilish bo‘lim boshlig‘i, yuridik fanlari doktori, professor

Akmalxonov Bositxon Azizxon o‘g‘li  bosh mutaxassis

Mamataliev To‘lqin Xushmamat o‘g‘li  bosh mutaxassis

Bizning manzil:

Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy, TDYU 1-o‘quv binosi, 126-xona

Murojaat uchun telefon: 233-66-36, 1161 (ichki)

Elektron pochta: www.tsnb@tsul.uz