Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!
БЫСТРЫЕ ССЫЛКИ
Ijtimoiy tarmoqlar
Xaridlar bo‘limi
Bo`lim haqida

Xaridlar bo‘limi

Bizning maqsadimiz:

Xaridlar bo‘limi — Toshkent davlat yuridik universitetidagi yosh va tashabbuskor bo‘limlardan hisoblanadi.

Bo‘limning maqsadi universitetning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, universitet faoliyati uchun xarid qilinishi lozim bo‘lgan tovarlar (ishlar va xizmatlar)ni davlat xaridlari maxsus savdo-axborot portaliga joylashtirilishi va xarid qilinishini taʼminlashdir.

Shu bilan birga bo‘lim universitet ehtiyojlarini taʼminlash uchun budjet, budjetdan tashqari mablag‘lar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan davlat xaridlarini o‘rnatilgan tartibda tashkillashtiradi.

Bundan tashqari, “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni hamda universitet ehtiyojlarini taʼminlash uchun tovarlar (ishlar va xizmatlar) xarid qilinishini amalga oshirishda belgilangan normativ-huquqiy hujjatlar talablarini bajarish, davlat xaridlarini o‘rnatilgan tartibda tashkillashtirish, universitetning budjet va budjetdan tashqari mablag‘larining samarali va maqsadli ishlatilishini taʼminlash.

 

Bizning xodimlarimiz:

Kuchkanov Bekzodbek Kurbonovich – Xaridlar bo‘limi boshlig‘i

Azizxo‘jaev Avazxon Azizxo‘ja o‘g‘li – Xaridlar bo‘limi bosh mutaxassisi

Abdukadirova Lobar Abduxamidovna – Xaridlar bo‘limi yetakchi mutaxassisi

 

Bizning manzil:

Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy, TDYU 1-o‘quv binosi, 103-xona

Murojaat uchun telefon: 233-66-36, 1110 (ichki)

Elektron pochta: b.k.90@bk.ru