--:--:-- ·
TDYU 35 YOSHDA ✦✦✦✦
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2026 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!
БЫСТРЫЕ ССЫЛКИ
Ijtimoiy tarmoqlar
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo’limi
Bo`lim haqida

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi

Bo‘lim shiori:

Korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish.

Bo‘limning maqsadi

·         Universitet, uning rahbariyati, xodimlari va talabalarining korrupsiyaviy faoliyatga jalb etilishi xavfini minimallashtirish.

·         Universitet xodimlari, talabalari, kontragentlari va boshqa manfaatdor shaxslar o‘rtasida korrupsiyaning har qanday shakl va ko‘rinishini rad etishga qaratilgan universitet siyosati to‘g‘risida yagona tushunchani shakllantirish.

·         Universitet faoliyatida qo‘llaniladigan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi asosiy talablarini umumlashtirish va tushuntirish.

·         Universitetda joriy etilgan korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimini muntazam takomillashtirib borish.

Bo‘limning asosiy vazifalari

·         Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatining asosiy tamoyillarini mustahkamlash, siyosatning amal qilish doirasi va uning ta’siri ostidagi shaxslar doirasini belgilash.

·         Universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini amalga oshirish uchun mas’ul mansabdor shaxslarni aniqlash.

·         Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha xodimlarning majburiyatlarini belgilash va mustahkamlash.

·         Universitet tomonidan amalga oshiriladigan korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlari ro‘yxatini hamda ularni amalga oshirish tartibini belgilash.

·         Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati talablariga rioya qilmaganlik uchun universitet xodimlari va talabalarining javobgarligini belgilash.

Klublar

TDYU «Aksilkorrupsiya klubi»

Mazkur klub universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, talabalarning ijodiy g‘oyalari va yutuqlarini rag‘batlantirish, shuningdek, halollik tamoyillarini targ‘ib etishga qaratilgan innovatsion loyihalarni amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan.

Qabul bo'yicha murojaat boti