Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda “G‘afur G‘ulom ijodida milliy va umuminsoniy g‘oyalar uyg‘unligi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi

Toshkent davlat yuridik universiteti “О‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi va G‘afur G‘ulom uy-muzeyi hamkorligida gibrid (onlayn va oflayn) formatda tashkil etilayotgan anjuman 8-may 10:00 da boshlanadi.

Xalqaro anjumanda adabiyotshunos olimlar, xorijiy va milliy oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, talabalar va yosh tadqiqotchilar ishtirok etadi.

Oliy ta’lim tizimida akademik G‘afur G‘ulom asarlarini о‘rganish asosida adib ijodini respublika va xalqaro miqyosda keng yoyish va ommalashtirish, uning she’riyatidagi sharqona falsafa, yuksak tuyg‘ularning badiiy talqini xususida fikr almashish va bu fikrlarni о‘quv jarayoniga tatbiq etish, adib ijodining chet elda о‘rganish, asarlarini boshqa tillarga tarjima qilish borasida amalga oshirish lozim bо‘lgan vazifalarni belgilash, akademik G‘afur G‘ulomning yaqinlari bilan shoirning hayoti, amalga oshirgan ishlari, hayot tarzi va insoniy qiyofasi haqidagi suhbatlar о‘tkazish orqali shoir shaxsiyatini yoshlarga namuna sifatida kо‘rsatish maqsadida tashkil etilayotgan anjumanda quyidagi masalalar muhokama qilinadi:

— G‘afur G‘ulom ijodida milliy va umuminsoniy g‘oyalar talqini; 
— G‘afur G‘ulom nasrida huquqiy masalalarning ifodalanishi; 
— G‘afur G‘ulom she’riyatida Sharq falsafasi; 
— Til — madaniyatlararo muloqot vositasi sifatida, G‘afur G‘ulom asarlarini boshqa tillarga tarjima qilish muammolari.

Ilmiy-amaliy anjuman natijalari asosida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari tо‘plami nashr etiladi va unga adib merosini о‘rganishga oid maqolalar kiritiladi. Mazkur to‘plamda maqolalari chop etilganlarga sertifikat beriladi.

To‘plam uchun maqolalar о‘zbek, rus, ingliz va Markaziy Osiyo xalqlari tillarida qabul qilinadi.

To‘plamda maqola chop etishni istaganlar ilmiy va ijodiy materiallarini 10-iyunga qadar n.ramazanov@tsul.uz elektron pochta manziliga yuborish kerak.