Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Islambek Rustambekov va Said Gulyamov Scopus tomonidan indekslangan ikkita xalqaro nufuzli jurnalning tahririyati a’zosi bo‘ldi

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori v.v.b., yuridik fanlar doktori, professor Islambek Rustambekov va universitetning “Kiber huquq” kafedrasi mudiri, yuridik fanlar doktori, professor Said Gulyamov huquqiy soha rivojiga qo‘shgan hissasi, ilmiy salohiyati va tajribalari uchun Scopus tomonidan indekslangan xalqaro nufuzli huquqiy jurnallar — “Revista Brasileira de Alternative Dispute Resolution” va “Ticaret ve Fikri Mülkiyet Hukuku Dergisi”ning tahririyati a’zoligiga kiritildi.

Revista Brasileira de Alternative Dispute Resolution (RBADR) (Braziliya muqobil nizolarni hal qilish jurnali) — hakamlik, vositachilik, nizolarni hal qilish bo‘yicha maslahatlar, tizimlarni loyihalash, nizolarni onlayn hal qilish va boshqa nizolarni muqobil hal qilish mavzulariga ixtisoslashgan yarim yillik jurnal. Jurnalning vazifasi qonun va jamiyatning turli sohalaridagi nizolarni hal qilishning muqobil yechimlariga oydinlik kiritadigan milliy, xorijiy va xalqaro sud amaliyotidagi ilmiy maqolalar, kitoblarga sharhlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni yoritib borishdir.

Ticaret ve Fikri Mülkiyet Hukuku Dergisi (TFM) (Tijorat va intellektual mulk huquqi jurnali) — tijorat huquqi va intellektual mulk huquqi sohasidagi huquqiy ilmiy tadqiqotlarni o‘z ichiga olgan jurnal.

Nashr tijorat huquqining kichik sohalari, shu jumladan, tijorat korxonalari huquqi, kompaniyalar huquqi, aylanma vositalar huquqi, transport huquqi, mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonun, tovar belgilari to‘g‘risidagi qonun va patent huquqi kabi intellektual mulk huquqlarini qamrab oladi. TFM huquqiy jihatdan ishonchli korxonalarni qo‘֥llab-quvvatlashga intiladi va Turkiyaning jahon savdosiga ta’sirini ta’minlashda kuchli huquqiy institutlarning ajralmas rolini tan oladi.

TFMning maqsadi raqobatbardosh va innovatsion huquq sohasidagi yetakchi jurnalga aylanib, jamoa a’zolarini ushbu ilmiy hamkorlikni ilmiy ishlari bilan boyitishga chaqirishdir.

Hodisalar

Barcha e'lonlar