Til
Tajriba
Qo`shimcha ma`lumotlar
Muxamedjanov Amonulla Zokirovich – Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi professori.
Mehnat faoliyatini uzoq yillar mobaynida Toshkent davlat yuridik universitetida olib borgan. Jumladan, 1989-1991 yillarda oʻqituvchi, 1992-1994 yillarda Konstitusiyaviy huquq kafedrasi katta oʻqituvchisi, 1994-2001 yillarda Xalqaro va qiyosiy huquq kafedrasi mudiri, 2001-2007 yillarda Xalqaro va qiyosiy huquq kafedrasi dosenti, 2007-2011 yillarda Xalqaro va qiyosiy huquq kafedrasi mudiri, 2011-2012 yillarda maʼnaviyat-maʼrifat ishlari boʻyicha prorektori boʻlib ishladi.
2012 yilning aprel-iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Davlat tuzilishi va boshqaruvi asoslari kafedrasi mudiri boʻlib ishlagandan soʻng yana universitetga qaytdi.
2012-2013 yillarda rektor, 2017-2018 yillarda Xalqaro ommaviy huquq kafedrasi dotsenti, 2017-2019 yillarda Xalqaro ommaviy huquq kafedrasi professor vazifasini bajaruvchisi boʻlib ishladi va 2019 yildan buyon kafedra professori sifatida faoliyat yuritadi.
40 dan ortiq ishlari oʻzbek, rus va nemis tillarida nashr etilgan. Bundan tashqari google scholar, researchgate, va boshqa professional faoliyatiga bogʻliq sahifalariga xavolalari mavjud.