Turkiyaning Istanbul shahrida Turkiy davlatlar I xalqaro huquq kongressi bo‘lib o‘tmoqda.
Nufuzli xalqaro forumda Turkiy davlatlardan ko‘plab taniqli huquqshunos olimlar, jumladan, Toshkent davlat yuridik universiteti Ma’muriy va moliya huquqi kafedrasi mudiri, professor Sardorbek Yusupov ishtirok etmoqda.
Kongressda S.Yusupov “Digitizing Legal Education: The Opportunities and Threats of Artificial Intelligence” mavzusida ma’ruza qildi.