Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda Misrning O‘zbekistondagi Elchisi Tamir Hammad bilan uchrashuv o‘tkazildi

Misrning O‘zbekistondagi Elchisi Tamir Hammad va Missiya rahbari o‘rinbosari Xanan Bashari xonim Toshkent davlat yuridik universitetiga tashrif buyurdi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan uchrashuvda TDYU rektori v.b., professor, Dr. Islambek Rustambekov, Xalqaro hamkorlik va uzluksiz ta’lim bo‘yicha prorektor Dr. Axtam Yakubov, Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Dr. Fitrat Umirov ishtirok etdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Misr o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar, turli sohalar, jumladan, ta’lim sohasidagi hamkorlik imkoniyatlari va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi.

Shuningdek, TDYU va Misr oliy ta’lim muassasalari, xususan, Qohira universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, akademik almashinuv dasturlarini tashkil etish, birgalikda qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida mehmonlarga Toshkent davlat yuridik universitetida o‘tkaziladigan “The First Interntational Youth Legal Forum in Tashkent” xalqaro forumi haqida ma’lumot berilib, misrlik talabalarni ham ushbu nufuzli anjumanga jalb etish yuzasidan fikr almashildi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar