Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Talabalarga advokatlik kasbining o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumot berishga qaratilgan xalqaro davra suhbati o‘tkaziladi

Toshkent davlat yuridik universiteti tashabbusi bilan "Regional Dialogue" XNT ko‘magida “Advokatlik kasbi” mavzusidagi xalqaro davra suhbati tashkil etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan xalqaro anjumanda Adliya vazirligi, Advokatlar palatasining mas’ul xodimlari, Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, talabalari va AQSh, Germaniya, Sloveniya advokatlari ishtirok etadi.

Bo‘lajak huquqshunoslar o‘rtasida advokatlik kasbining o‘ziga xos xususiyatlarini keng targ‘ib etishga qaratilgan anjumanda “Advokatlik kasbi va faoliyati”, “Advokatlik kasbini tanlashga turtki bo‘lgan omillar” va “Advokatning muvaffaqiyat sirlari” kabi mavzular muhokama qilinadi.

Xalqaro davra suhbati 9-fevral 14.00 da TDYU 3-bino 221-xonada boshlanadi.