Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2025 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU tomonidan PQ-1 ijrosi doirasida Sergelida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazilmoqda

Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan xodimlarning kasbiy malakalarini oshirish, hududlarda profilaktika ishlarini samarali tashkil etish hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida o‘tkazilayotgan o‘quv mashg‘ulotlarida tumandagi mahallalarda faoliyat yurituvchi ijtimoiy profilaktika subyektlari hamda huquq-tartibot idoralari xodimlari ishtirok etmoqda.

Sergeli tumanida joylashgan 46 ta mahalladagi “mahalla yettiligi” hamda yoshlar yetakchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar davomida huquqbuzarliklarning oldini olishning zamonaviy mexanizmlari, ijtimoiy muammolarni aniqlash va ularni manzilli hal etish usullari, aholi bilan samarali muloqot qilish ko‘nikmalari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilmoqda.

Mazkur tashabbus hududlarda xavfsiz muhitni ta’minlash, ijtimoiy profilaktika tizimini takomillashtirish hamda davlat organlari va mahalla institutlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

So`ngi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Hodisalar

Barcha e'lonlar