Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“TSUL Jessup” bahorgi maktabiga start berildi

“TSUL Jessup” jamoasi xalqaro ommaviy huquq bo‘yicha bahorgi maktab boshlanganini e’lon qildi.

Maktab ishtirokchilari xalqaro ommaviy huquq bo‘yicha berilgan vazifa asosida og‘zaki nutq qilish va memorandumlar yozish borasida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladi. Bahorgi maktab yakunida yozma va og‘zaki vazifalar bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan 4 nafar ishtirokchi “TSUL Jessup Team — 2024” a’zosiga aylanadi.

“TSUL Jessup” bahorgi maktabi ishtirokchisiga aylanish uchun quyidagi link orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdYozThATUo4qd1kg8JNYEvONZ-8JtVG4Ne71UU38njAUxthA/viewform

“TSUL Jessup” bahorgi maktabining ochilish marosimi 26-aprel 12:00 da TDYU 3-bino 221-xonada boshlanadi.