Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni boʻlib oʻtadi

Toshkent davlat yuridik universitetida 2023-yil 25-may kunidan 9-iyun kuniga qadar “TechnoWays” texnologik rivojlanish marafoni o‘tkaziladi. Marafon davomida universitet talabalari uchun qanday qilib startap gʻoyalarni topish, ularni tayyor loyiha sifatida shakllantirib, Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan eʼlon qilinadigan qiymati 1 mlrd. soʻmgacha boʻlgan startap tanlovlarda ishtirok etish haqida foydali ma’lumotlar beriladi.

Marafon doirasida umumiy budjeti 10.000.000 soʻm boʻlgan tanlov tashkil etiladi. Tanlovda talabalar yakka oʻzi yoki koʻpi bilan uch nafardan iborat tarkibdagi jamoa boʻlib roʻyxatdan oʻtishi mumkin.

Tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:
1-oʻrin – 5 000 000 (besh million) soʻm;
2-oʻrin – 3 000 000 (uch million) soʻm;
3-oʻrin – 2 000 000 (ikki million) soʻm.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi link orqali roʻyxatdan oʻtish kerak: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfmOrfJe_A1kc2KC7ksuTl4XbpHB3_pKoYg1II3OKgGXyEIBg/viewform?usp=sf_link⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠