Ushbu dasturda o‘qishni xohlagan nomzodlardan o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (GPA) 60 foizdan kam bo‘lmasligi talab etiladi.
2025/2026-o‘quv yilining bahorgi semestrida akademik mobillik dasturida ishtirok etishni istagan talabalar 5-oktyabrga qadar quyidagi hujjatlarni fakultet dekanatlariga topshirishi lozim:
– akademik transkipt nusxasi;
– xorijga chiqish pasportining shaxsiy maʼlumotlar yozilgan varag‘i nusxasi;
– faollik to‘g‘risida boshqa sertifikatlar (agar mavjud bo‘lsa);
– bog‘lanish uchun ma’lumotlar.
Onlayn tadbirlarda berilgan sertifikat va tavsiyanomalar qabul qilinmaydi.
Loyiha xorijiy hamkor universitetda 2025/2026-o‘quv yilining bahorgi semestrini to‘lov-kontrakt to‘lamasdan o‘qish imkonini beradi. Lekin talaba TDYUda to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan bo‘lsa, kontrakt to‘lovini to‘laydi va boshqa barcha xarajatlar (transport, viza, sug‘urta, yotoqxona va yashash xarajatlari)ni qoplaydi.
Batafsil: https://www.enu.kz/en
https://enu.kz/ru/page/education/educational-programs
https://www.topuniversities.com
Load More Post...