21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Toshkent davlat yuridik universitetida talabalar o‘rtasida “Savodxon talaba” diktant tanlovi tashkil etildi.
Yoshlarda ona tilimizga hurmat va ehtirom tuyg‘usini mustahkamlash, yozma nutq madaniyatini yuksaltirish hamda imlo qoidalariga rioya etish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida o‘tkazilgan tanlov davomida talabalar o‘zbek tilining imlo va yozuv me’yorlari bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazib, savodxonligini namoyon etdi.
Tanlov natijalari va g‘oliblar tez orada e’lon qilinadi.
Load More Post...