Toshkent davlat yuridik universitetining 3-talabalar turar joyida Toshkent shahar prokuraturasi vakillari va talabalar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari A.Azimov, Uchtepa tumani prokurori S.Muxtarov hamda prokuratura xodimlari ishtirok etdi.
Muloqot davomida prokuratura organlarining qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi faoliyati haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga e’tibor qaratilib, talabalarning fikr-mulohazalari, takliflari va kundalik hayotiga oid masalalar muhokama qilindi.
Tadbir davomida mehmonlar talabalar turar joyida yaratilgan shart-sharoitlar, yoshlarning yashashi va ta’lim olishi uchun mavjud imkoniyatlar bilan tanishdi.