Ushbu dasturda o‘qishni xohlagan nomzodlardan o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (GPA) 80 foizdan kam bo‘lmasligi talab etiladi.
Xorijiy universitetda akademik mobillik dasturida ishtirok etishni istagan talabalar quyidagi hujjatlarni 25-oktyabrga qadar fakultet dekanatlariga topshirishi lozim:
1. Akademik transkipt nusxasi;
2. Xorijga chiqish pasportining shaxsiy maʼlumotlar yozilgan varag‘i nusxasi;
3. Ingliz tilini bilish sertifikati:
– TOEFL iBT — 80 va undan yuqori;
– IELTS — 6.0 va undan yuqori;
– TOEIC — 750 va undan yuqori;
– Cambridge CAE yoki CPE — B2 va undan yuqori;
4. Faollik haqidagi boshqa sertifikatlar;
5. Bog‘lanish uchun ma’lumotlar.
Onlayn tadbirlarda berilgan sertifikat va tavsiyanomalar qabul qilinmaydi.
Loyiha xorijiy hamkor universitetda 2025/2026-o‘quv yilining kuzgi semestrini to‘lov-kontrakt to‘lamasdan o‘qish imkonini beradi. Lekin talaba TDYUda to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan bo‘lsa, kontrakt to‘lovini to‘laydi va boshqa barcha xarajatlar (transport, viza, sug‘urta, yotoqxona va yashash xarajatlari)ni qoplaydi.
Roma Tre universiteti tomonidan talabalar yotoqxonasi berilmaydi. Batafsil: https://portalestudente.uniroma3.it/mobilita/informazioni-generali/
Load More Post...