Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlardan GPA 80% dan kam bo‘lmasligi talab qilinadi.
Xorijiy oliy ta’lim muassasasida talabalar almashinuv dasturi bo‘yicha o‘qishni istagan talabalar quyidagi hujjatlarni 10-noyabrga qadar dekanatlarga taqdim etishi lozim:
1) akademik transkipt nusxasi;
2) xorijga chiqish pasportining shaxsiy maʼlumotlar yozilgan varag‘i nusxasi;
3) Ingliz tilini bilish sertifikati:
– TOEFL iBT 80 va undan yuqori;
– IELTS 6.0 va undan yuqori;
– TOEIC 750 va undan yuqori;
– Cambridge CAE yoki CPE B2 va undan yuqori;
4) boshqa sertifikatlar;
5) bog‘lanish uchun ma’lumotlar.
Onlayn tadbirlarda berilgan sertifikat va tavsiyanomalar qabul qilinmaydi.
Loyiha xorijiy hamkor universitetda 2025/2026-o‘quv yilining kuzgi semestrini to‘lov-kontrakt to‘lamasdan o‘qish imkonini beradi. Lekin talaba TDYUda to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan bo‘lsa, kontrakt to‘lovini to‘laydi va boshqa barcha xarajatlar (transport, viza, sug‘urta, yotoqxona va yashash xarajatlari)ni qoplaydi.
Adam Miskevich universiteti tomonidan talabalar yotoqxonasi berilmaydi.
Load More Post...