Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Ekologiya huquqi kafedrasi

Shiorimiz: “Barqaror taraqqiyot sari”

Bizning maqsadimiz:

Ekologiya huquqi kafedrasi Ekologiya huquqi, Xalqaro ekologiya huquqi, Yer huquqi, Agrar huquq, Energetika huquqi fanlari bo‘yicha o‘quv va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boruvchi universitetdagi ilmiy salohiyati yuqori bo‘lgan yetakchi kafedralardan biri hisoblanadi.

Biz dunyodagi global, mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolarning huquqiy yechimini o‘rganish, ularni tahlil qilish, tabiiy resurslar bilan bog‘liq huquq sohalarida ilmiy-tadqiqotlar olib borish, ushbu sohadagi normativ-huquqiy hujjatlarni rivojlangan davlatlar qonunchiligi bilan qiyosiy taqqoslash va yana-da takomillashtirish, bu boradagi bilimlarni talabalarga innovatsion shakl va usullarda yetkazishni maqsad qilganmiz. Ayni paytda bu yo‘nalishda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, sud va huquqni muhofaza qilish organlari, O‘zbekiston Ekologik partiyasi, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi, boshqa mutasaddi tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlari, respublika va xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qilmoqdamiz.

Bizning vazifalarimiz:

Bizning kafedra universitetda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlaydi va qator vazifalarni amalga oshiradi. Biz:

– Ekologiya huquqi, Xalqaro ekologiya huquqi, Yer huquqi, Agrar huquq, Energetika huquqi fanlarini o‘rganamiz, izlanishlar olib boramiz va ushbu fanlar bo‘yicha bilim beramiz;

– Ekologik qonun hujjatlarini takomillashtirish va ularning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalari orqali aholiga keng targ‘ib qilish;

– talabalarda tabiiy resurslar bilan bog‘liq huquq sohalari bo‘yicha qiyosiy, tahliliy va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantiramiz;

– talabalarda sohaga oid qonun normalarini amalda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantiramiz;

– yoshlarga mustaqil taʼlim olish va berish, nazariya va amaliyot uyg‘unligini taʼminlash uchun imkon beramiz.

 Bizning fanlar:

Bakalavriatda 4 ta fan:

– Ekologiya huquqi

– Xalqaro ekologiya huquqi

– Yer huquqi

– Agrar huquq

Magistraturada 1 ta fan:

– Energetika huquqi

Ilmiy salohiyat- 83% 

Kafedra tomonidan 2019-2021 yillarda:

– 13 ta monografiya;

– 100 ta ilmiy maqola;

– 10 ta “Scopus” bazasida maqola chop etilgan.

Shuningdek,

– 9 ta respublika ilmiy konferensiya va davra suhbatlari o‘tkazilgan.

Bizning dastur va loyihalarimiz:

Kafedra qoshida yuridik fanlari doktori, professor Shuhrat Fayziyev rahbarligida “Ekologik siyosat va huquq” hamda yuridik fanlari doktori, professor Narzullayev Olim Xolmamatovich rahbarligida “Zamonaviy eko-maktab” ilmiy maktablari faoliyat yuritmoqda.

Shuningdek, talabalarning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “eko-YURIST”, “ECOPARLIAMENT”, “MAGNAT” kabi ilmiy to‘garaklar faoliyat yuritmoqda.

Ushbu ilmiy maktablar va to‘garaklar faoliyatining asosiy maqsadi – talabalar va yosh tadqiqotchilarni ilmga yo‘naltirish, zamonaviy ilmiy loyihalarni amalga oshirish, Ekologiya huquqi, yer huquqi, agrar huquqi, tabiiy resurslar huquqiga oid anʼanaviy ilmiy tadqiqot usullarini saqlab qolish va ularni rivojlantirishdan iborat.

Professor-o‘qituvchilar tarkibi:

Bizning o‘qituvchilarimiz doimo o‘z ustida ishlaydi, xorijiy hamkasblari bilan malaka va bilimini oshirib boradi, tajriba almashadi.

Bugungi kunda kafedrada 3 nafar yuridik fanlari doktori, 2 nafar professor, 7 nafar yuridik fanlari nomzodi, dotsentlar va 3 nafar istiqbolli yosh pedagog kadrlar faoliyat yuritmoqda. Biz talabalarda nazariya va amaliyot uyg‘unligini taʼminlash maqsadida uzluksiz ravishda advokatlar va soha mutaxassislari ishtirokida mahorat darslarini tashkil etamiz.

Kafedramiz o‘qituvchilari 32ga yaqin darslik, 25dan ortiq monografiya, 24ga yaqin o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifidir.

Shuningdek, 6 nafar mustaqil-izlanuvchi o‘quv-uslubiy jarayonda ishtirok etadi.

Bizning xodimlarimiz:

Uzakova Go‘zal Sharipovna – kafedra mudiri, yuridik fanlar nomzodi, dotsent

Fayziyev Shuxrat Xasanovich – yuridik fanlari doktori, professor

Jo‘rayev Yo‘ldosh Ochilovich – yuridik fanlari doktori, professor

Narzullaev Olim Xolmamatovich – yuridik fanlari doktori, professor vazifasini bajaruvchi

Skripnikov Nikolay Kuzmich – yuridik fanlar nomzodi, dotsent 

Mirzaabdullaeva Matluba Rustamovna – yuridik fanlar nomzodi, dotsent

Kenjayev Rustam Xaydarovich – yuridik fanlar nomzodi, professor vazifasini bajaruvchi

Rajabov Nariman Sharifbayevich – yuridik fanlar nomzodi, dotsent

Umarov Dilshod Ma’rufovich – yuridik fanlar nomzodi, dotsent vazifasini bajaruvchi

Maxkamov Durbek Ne’matovich – yuridik fanlar nomzodi, dotsent

Tuxtashev Xikmatilla Ismatillaevich – o‘qituvchi

Axmedova Shaxnoza Ozodjonovna – o‘qituvchi

Nishonov Abdulloh Ubaydulloh oʻgʻli – o‘qituvchi

 
Kafedra professor-o‘qituvchilarining maslahat kunlari:

Lavozimi

F.I.O.

Konsultatsiya vaqti

Auditoriya

1.

Kafedra mudiri

Uzakova G.Sh.

Dushanba
9.00-12.00

312

2.

Kafedra professori

Fayziyev Sh.X.

Seshanba

14.00-17.00

312

3.

Kafedra professori vazifasini bajaruvchi

Narzullayev O.X.

Seshanba

09.00-12.00

312

4.

Kafedra dotsenti

Mirzaabdullayeva M.R.

Chorshanba

09.00-12.00

312

5.

Kafedra professori vazifasini bajaruvchi

Kenjayev R.X.

Juma

14.00-17.00

312

6.

Kafedra dotsenti

Rajabov N.Sh.

Chorshanba

14.00-17.00

312

7.

Kafedra o‘qituvchisi

Nishonov A.U.

Payshanba

10.00-13.00

312

8.

Kafedra o‘qituvchisi

Tuxtashev X.I.

Juma

10.00-13.00

312

9.

Kafedra o‘qituvchisi

Axmedova Sh.O.

Payshanba

14.00-17.00

312

Bizning manzil:

Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy, TDYuU 2-o‘quv binosi, 312-xona

Murojaat uchun telefon raqami: Tel: 233-66-36, 1063 (ichki)

Elektron pochta: www.ecolaw@tsul.uz