Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Biznes huquqi” kafedrasi

Bizning maqsadimiz:

Mamlakatimizdagi tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solinishining amaliy va nazariy jihatlarini talabalarga yetkazish va kelgusida advokatura, tadbirkorlik subyektlariga yuridik xizmat ko’rsatish, huquqiy konsalting firmalarida nazariy bilim va ko’nikmalarini qo’llay oluvchi yetuk mutaxassislarni tayyorlashdir. Shuningdek, tadbirkorlikning turli sohalarini rivojlantirishning ilmiy asoslari ustida ish olib borish va ularni amaliyotga tadbiq qilish maqsadlarimizdan biri hisoblanadi.  

Bizning vazifalarimiz

Bizning kafedra universitet tadqiqotchilarining intilishlarini qo‘llab-quvvatlaydi va o‘z maqsadlarini quyidagi vazifalar orqali amalga oshiradi.

- Biznes huquqi, Elektron tijorat huquqi, Investitsiya huquqi, Korporativ huquq, Bankrotlik huquqi, Raqobat huquqi, Qiyosiy korporativ huquq, Qimmatli qog‘ozlar huquqi kabi fanlarni o‘rgatamiz, ilmiy izlanishlar olib boramiz va bilim beramiz;

- Talabalarda moddiy huquq normalarini amalda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantiramiz;

- Talabalarga moddiy fanlar to‘g'risida qiyosiy, tanqidiy va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, o‘z-o‘zini tarbiyalash va bilimini amaliyotda qo‘llash imkonini beramiz.

Bizning fanlar:

Bakalavriatda 8 ta fan:

1.     Biznes huquqi;

2.     Investitsiya huquqi;

3.     Korporativ huquq;

4.     Bankrotlik huquqi

5.     Elektron tijorat huquqi,

6.     Raqobat huquqi;

7.     Qimmatli qog‘ozlar huquqi;

8.     Yuridik xizmat

Magistraturada 3 ta fan:

1.     Elektron tijorat huquqi;

2.     Qiyosiy korporativ huquq;

3.     Bankrotlik huquqi.

Ilmiy salohiyat

Bugungi kunda kafedrada jami 26 nafar professor-o‘qituvchi ishlaydi. Ulardan 8 nafari doktorlik ilmiy darajasiga ega, 13 nafari esa kafedra salohiyatini oshirishga qaratilgan ilmiy izlanishlarni olib borishmoqda. Olib borilayotgan ilmiy izlanishlar davlatimizda tadbirkorlikning korporativ, raqobat, investitsiya kabi turli sohalarini rivojlantirishga qaratilgan. 11 ta mustaqil izlanuvchi ham o‘quv va o‘quv-uslubiy jarayonda qatnashadi.

Shuningdek, 5 nafar professor-o‘qituvchi nufuzli top-1000 talikka kiruvchi xorijiy OTMlar bitiruvchisi hisoblanadi. Biz o‘quv jarayoniga advokatlar, korporativ yuristlar va amaliyotchilarni jalb qilamiz. Talabalar o‘z bilim va ko‘nikmalarini amalda shu tarzda rivojlantiradi.

 

Ilmiy-faoliyat natijalari:

Kafedra tomonidan 2020-2021- yillarda:

8 ta darslik;

12 ta o’quv qo’llanma;

14 ta monografiya;

40 ta xorijiy jurnallarda maqola;

52 ta OAK ro’yxatidagi milliy jurnallarda maqola;

7 ta “Scopus”da maqola chop etilgan.

Shuningdek,

3 ta xalqaro ilmiy konferensiya va davra suhbati;

3 ta respublika ilmiy konferensiya va davra suhbati o‘tkazilgan.

Bizning professor-o‘qituvchilar

1.     H.M. Radjapov – PhD kadefra mudiri (Kobe Universiteti, PhD)

2.     Sh.N.Ro‘zinazarov – yu.f.d, professor

3.     B.K.Xodjayev – yu.f.d (Nagoya Universiteti)

4.     L.I.Achilova – PhD, dotsent v.b.

5.     B.B.Xudoyberganov – PhD, dotsent v.b.

6.     R.Toshboyeva - PhD dotsent v.b.

7.     R.А. Husainova – PhD o‘qituvchi

8.     O‘.P.Xolmirzayev – PhD o‘qituvchi

9.     B.A.Umarov – Katta o‘qituvchi

10.    E.P.Axundjanov – Katta o‘qituvchi

11.    M.R.Tadjibayeva – Katta o‘qituvchi

12.    A.E.Jumag‘ulov –  Katta o‘qituvchi

13.     A.R,Ibragimova – Katta o’qituvchi

14.    X.Q.Atajanov – O‘qituvchi

15.    A.X.Jumanov – O‘qituvchi Nagoya Universiteti  L.L.M. (Yaponiya)

16.    X.M.Mamajanova – O‘qituvchi Westminister Universiteti L.L.M.

17.    D.A.Eshanova – O‘qituvchi

18.    K.Y.Batirova – O‘qituvchi

19.    J.T.Asqarov – O‘qituvchi

20.    A.A.Rajabov – O‘qituvchi

21.    А. А. Тursunov – O‘qituvchi  Nagoya Universiteti  L.L.M. (Yaponiya)

22.    Z.S.Umarov – O‘qituvchi «LEGAL POINT» advokatlik firmasi direktori

23.    S.S.Saidova – Katta o‘qituvchi Buyuk Britaniyadagi Esseks universiteti (University of Essex) L.L.M

24.    A.A.Qalandarov – O‘qituvchi

25.    S.A.Axrorova – O‘qituvchi

26.    B.X.Karimov – O‘qituvchi (Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi raisi birinchi o’rinbosari)


Kafedra manzili

Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35-uy, 1-sonli o‘quv binosi, 214-sonli xona. 

Tel: (99871) 233-66-36 (1071) (1072)

Kafedra telegram kanali: https://t.me/businesslaw_dep

E-mail : businesslaw@mail.ru

Kafedra mudiri telefon raqami: +99897 780 52 42