Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi

 

Shiorimiz: Til va adabiyot – yuristning tafakkur quroli

 

Bizning maqsadimiz:

Kafedramiz huquq va til masalalari, davlat tili nufuzi va mavqeyini oshirish, adabiyot va huquq uyg‘unligi borasida o‘quv, maʼnaviy va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boruvchi yagona tarkibiy bo‘linma hisoblanadi. Kafedrada yurisprudensiya va filologiyaning o‘zaro bog‘liqlik nuqtasi sanalgan yurislingvistika bo‘yicha ilmiy va amaliy ishlar olib borish muhim maqsadlarimizdan sanaladi. Xususan, yuridik til, yuridik terminlar tezaurusini yaratish, huquq va adabiyot masalalari shular jumlasidandir.  

Biz o‘zbek tilini davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini rivojlangan tillar tajribasini o‘rgangan holda oshirish, bugungi kundagi o‘zbek tili yurislingvistikasini tadqiq etish va uni rivojlantirish borasida amaliy ishlar olib borish, nufuzli huquqshunoslik oliy taʼlim muassasalarining til va huquq, adabiyot va huquq, yuridik yozma nutq borasidagi tarjibalarini o‘rganish va tatbiq qilish bo‘yicha tadqiqotlar olib bormoqdamiz.

 

Bizning vazifalarimiz:

Bizning kafedra universitetda olib borilayotgan o‘quv, maʼnaviy va ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlaydi va qator vazifalarni amalga oshiradi. Biz:

o‘quv ishlarini tashkil etish va amalga oshirish sohasida – modul tizimi va o‘qitishning zamonaviy, innovatsion shakl hamda metodlaridan foydalanib, pedagogik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda yuridik taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali, til va adabiyot sohasida chuqur bilimga ega, yozma va og‘zaki nutq mahorati rivojlangan, istiqbolga mo‘ljallangan g‘oya va vazifalarni ilgari sura oladigan hamda hal etishga qodir mutaxassislarni shakllantirishga qaratilgan o‘quv ishlarini tashkil etish;

o‘quv, ilmiy-metodik faoliyat sohasida – o‘quv jarayonining ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqish, dars mashg‘ulotlarini o‘quv-uslubiy materiallar bilan taʼminlash, ushbu sohadagi xorijiy tajribani o‘rgangan holda professor-o‘qituvchilarning mehnat unumdorligi va taʼlim sifati hamda samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan zamonaviy taʼlim texnologiyalarini amalga joriy etish;

ilmiy-tadqiqot ishlari sohasida – mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor vazifalari, rivojlangan mamlakatlar tajribalarini hisobga olgan holda fanlar rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha kompleks ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va o‘quv jarayoniga ilmiy ishlanmalar natijalarini samarali joriy etishni taʼminlash;

tashkiliy-metodik ishlar sohasida – taʼlim sifatini baholash, uning tahlilini olib borish, shuningdek, boshqa tashkiliy-metodik tadbirlarni samarali tashkil etish;

maʼnaviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlar sohasida – talaba yoshlarni maʼnaviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga ko‘maklashish va milliy qadriyatlarni hurmat qilish, vatanparvarlik, fuqarolik tuyg‘usi, bag‘rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli taʼsirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, real hayotga qatʼiy ishonch bilan qaraydigan qilib tarbiyalash, davlat va jamiyat oldida o‘z masʼuliyatini his etish, insonparvarlik, millatlararo totuvlik, adolat va qonun ustuvorligi mezonlarini anglab yetish va unga rioya qilish ruhida shakllantirish;

yurist-pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ularning stajirovkasi bilan bog‘liq ishlar sohasida – zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan yuqori pedagogik mahoratga ega yurist-pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, stajirovkasi bo‘yicha aniq maqsadli ishlarni amalga oshirish.

 

Bizning fanlar:

 

Bakalavriat yo‘nalishida o‘tiladigan fanlar:

- Huquqiy ko‘nikmalar va metodologiya

- Davlat tilida ish yuritish

 

Magistratura mutaxassisliklarida o‘tiladigan fanlar:

- Huquqiy fanlarni o‘qitish/pedagogik amaliyot

- Davlat tilida ish yuritish

 

Ilmiy salohiyat

 

Kafedra tomonidan 2020 – 2021 yillarda:

- 2 ta monografiya

- 16 ta ilmiy maqola

- 10 ta "Scopus" bazasiga kiritilgan jurnallarda maqola chop etilgan.

Shuningdek,

- 14 ta xalqaro;

- 5 ta respublika ilmiy konferensiya va davra suhbatlari o‘tkazilgan.

 

Kafedradagi to‘garaklar haqida umumiy maʼlumot:

                        

1. “Huquq, adabiyot va notiqlik sanʼati” ilmiy to‘garagi.

Mazkur to‘garakning asosiy maqsadi talabalarda notiqlik sanʼati va omma oldida mazmunli va chiroyli so‘zlay olish, so‘z boyligini badiiy asarlar mutolaasi orqali oshirish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. To‘garak kafedra mudiri N.Ramazonov tomonidan yuritiladi.

2. «Yuritor» taʼlimiy to‘garagi.

Mazkur to‘garakning asosiy maqsadi talabalarda rus tilida ravon gapira olish va yuridik matnlar tuza olish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. To‘garak kafedra o‘qituvchisi A.Fattaxova tomonidan yuritiladi.

3. “Huquqshunos-ijodkor” ijodiy to‘garagi.

To‘garakning asosiy maqsadi huquqshunoslik sohasida tahsil olayotgan ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ijodiy ishlarini o‘qib tahlil etish, maslahat va tavsiyalar berish, ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish va ularda izlanuvchanlik hamda tanqidiy tafakkurni o‘stirishga hissa qo‘shish, yosh huquqshunos ijodkorlarning munosib asarlarini to‘plam holida nashr ettirishdan iborat. To‘garak kafedra dotsenti N.Bozorova tomonidan yuritiladi.

4. “Yurislingvistika” ilmiy-taʼlimiy to‘garagi.

To‘garakning asosiy maqsadi talabalarda yuridik matn, yuridik terminlar orqali yozma nutqni rivojlantirish, davlat tili nufuzi va mavqeyini oshirishdan iborat. To‘garak kafedra o‘qituvchisi O.Choriyev tomonidan yuritiladi.

 

Professor-o‘qituvchilar tarkibi:

 

Bizning o‘qituvchilarimiz doimo o‘z ustida ishlaydi, xorijiy hamkasblari bilan malaka va bilimini oshirib boradi, tajriba almashadi

Bugungi kunda kafedrada 2 nafar professor, 6 nafar dotsent, 2 nafar katta o‘qituvchi va 2 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda.

 

Bizning xodimlarimiz:

Ramazonov Nodir Normurodovich kafedra mudiri, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori(Phd), dotsent vazifasini bajaruvchi

Hashimova Dildarxon Urinbayevna kafedra professori, pedagogika fanlari doktori

Kuchimov Shuhrat Norqizilovich – kafedra professori vazifasini bajaruvchi, filologiya fanlari doktori

Gulyamova Gulnora Yakubovnakafedra dotsenti, filologiya fanlari nomzodi

Rasulmuxamedova Durdona To‘lqunjonovna – kafedra dotsenti, filologiya fanlari nomzodi

Bozorova Nasiba Po‘lotjonovna kafedra dotsenti vazifasini bajaruvchi, filologiya fanlari nomzodi

Niyazova Nasiba Jo‘rabekovna – kafedra dotsenti vazifasini bajaruvchi, pedagogika fanlari nomzodi

Ziyamuxamedova Shahnoza Tolkunovnakafedra dotsenti vazifasini bajaruvchi

Po‘latova Umida Ramazonovna kafedra katta o‘qituvchisi

Matenov Rashid Bekimbetovich – kafedra katta o‘qituvchisi

Fattaxova Amina Rustamovna – kafedra o‘qituvchisi

Choriyev Orifjon Abdisobirovich kafedra o‘qituvchisi

Kafedra professor-o‘qituvchilarining maslahat kunlari:

 

T/r

Lavozimi

F.I.Sh.

Konsultatsiya vaqti

Konsultatsiya joyi

1.

kafedra mudiri

Ramazonov Nodir Normurodovich

 

 

2.

kafedra professori

Hashimova Dildarxon Urinbayevna

 

 

3.

kafedra professori v.b.

Kuchimov Shuhrat Norqizilovich

 

 

4.

kafedra dotsenti

Gulyamova Gulnora Yakubovna

 

 

5.

kafedra dotsenti

Rasulmuxamedova Durdona To‘lqunjonovna

 

 

6.

kafedra dotsenti v.b.

Bozorova Nasiba Po‘lotjonovna

 

 

7.

kafedra dotsenti v.b.

Niyazova Nasiba Jo‘rabekovna

 

 

8.

kafedra dotsenti v.b.

Ziyamuxamedova Shahnoza Tolkunovna

 

 

9.

kafedra katta o‘qituvchisi

Po‘latova Umida Ramazonovna

 

 

10.

kafedra katta o‘qituvchisi

Matenov Rashid Bekimbetovich

 

 

11.

kafedra o‘qituvchisi

Fattaxova Amina Rustamovna

 

 

12.

kafedra o‘qituvchisi

Choriyev Orifjon Abdisobirovich

 

 

 

Bizning manzil:

Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 35, TDYU 3-o‘quv binosi, 210-xona

Murojaat uchun telefon raqami: 233-66-36, 1117 (ichki)

Elektron manzil: n.ramazanov@tsul.uz