Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

O‘zbekistonda teletibbiyotni rivojlantirish konsepsiyasiyasini ishlab chiqish taklif etildi

Toshkent davlat yuridik universitetida “Sog‘liqni saqlash huquqini ta’minlash uchun sog‘liqni saqlash tizimidagi raqamlashtirishni huquqiy tartibga solish” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 75 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “Sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan anjumanda Gdansk universiteti, Qozog‘iston-Amerika erkin universiteti, TDYU va JIDU professor-o‘qituvchilari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

TDYU “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan anjumanda tibbiyot qonunchiligini rivojlantirishning yangi tamoyillari (MedTech) va bu borada rivojlangan davlatlar tajribasi, xorijiy va mahalliy tajriba misolida teletibbiyotni huquqiy tartibga solish masalalari muhokama qilinadi.

Muhokamalar doirasida xalqaro anjuman ishtirokchilari tomonidan quyidagi takliflar bildirildi:

  • O‘zbekistonda teletibbiyotni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish;
  • mamlakatimizning barcha hududlaridagi sog‘liqni saqlash tizimi vakillari bilan teletibbiyot aloqa tizimini yaratish va uni takomillashtirish;
  • O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimida teletibbiyot markazlarini sertifikatlashtirish tartibini ishlab chiqish;
  • O‘zbekiston Respublikasida majburiy (yoki davlat) tibbiy sug‘urtani rivojlantirish;
  • O‘zbekiston Respublikasida teletibbiyot faoliyatini huquqiy tartibga solish, xususan, MDHning “Teletibbiyot xizmatlari to‘gְ‘risida”gi namunaviy qonuni va JSSTning 2020–2025-yillarga mo‘ljallangan raqamli sog‘liqni saqlash sohasidagi Global strategiyasi asosida “Teletibbiyot to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini qabul qilish;
  • har bir bemorning shaxsiy kabinetga ega bo‘lishi uchun raqamli tibbiyotga bosqichma-bosqich o‘tishni qonuniylashtirish, shuningdek, aholi o‘rtasida raqamli tibbiyotni ommalashtirish;
  • raqamli tibbiyotni joriy etishda yuqori darajadagi xavfsizlikni ta’minlash.
Hodisalar

Barcha e'lonlar