Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2025 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Nigoraxon Ro‘zibayeva Oksford universitetida malaka oshirmoqda

Toshkent davlat yuridik universiteti Xorijiy tillar kafedrasi dotsent v.b., filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Nigoraxon Ro‘zibayeva Oksford universitetining Uzluksiz ta’lim boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan seminar-treninglarda ishtirok etmoqda.

Mazkur malaka oshirish dasturi doirasida ingliz tili o‘qitishning zamonaviy metodikalari, interaktiv yondashuvlar, ilg‘or pedagogik texnologiyalar hamda kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalar o‘rganilmoqda.

Treninglar davomida N.Ro‘zibayeva xorijiy tillarni o‘qitish sohasidagi yetuk mutaxassislar bilan uchrashib, xalqaro tajriba asosida namunaviy o‘quv dasturini ishlab chiqish, TDYU talabalari uchun yangi o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlash, shuningdek, ilmiy hamkorlik loyihalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashmoqda.

Hodisalar

Barcha e'lonlar