Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2025 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Govherjan Yo‘ldosheva “Xitoy — Markaziy Osiyo” xalqaro forumida ma’ruza qildi

Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahrida “Inson huquqlarini birgalikda rivojlantirish yo‘lida madaniyatlararo muloqotni chuqurlashtirish va o‘zaro boyitish” mavzusida “Xitoy — Markaziy Osiyo” xalqaro forumi o‘tkazildi.

Xitoy inson huquqlarini rivojlantirish jamg'armasi tomonidan tashkil etilgan an’anaviy xalqaro tadbirda Xitoy Xalq Respublikasi va Markaziy Osiyo mamlakatlaridan 60 dan ortiq vakillar, shu jumladan, tegishli davlat organlari vakillari, ekspertlar va olimlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari, inson huquqlarini himoya qilish tashkilotlari hamda jamoat birlashmalari rahbarlari ishtirok etdi.

Forumda Toshkent davlat universiteti xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi professori Govherjan Yo‘ldosheva ham qatnashib, “Inson huquqlari bo‘yicha ta’lim — Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining ustuvor yo‘nalishi sifatida” mavzusida ma’ruza qildi.

Xalqaro forumda “Sivilizatsiyalarning xilma-xilligi, Osiyo qadriyatlari tizimi va inson huquqlari sohasidagi global boshqaruv”, “Yagona taqdir hamjamiyatini birgalikda qurish va inson huquqlarini rivojlantirishga ko‘maklashish” kabi mavzular muhokama qilindi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar