Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2025 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Xaytgul Pirmedova xalqaro konferensiyada ma’ruza qildi

Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek shahrida joylashgan Markaziy Osiyodagi Amerika universitetida “Akademik kutubxonalar: tendensiyalar va innovatsiyalar” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi.

Akademik kutubxonalar sohasida tajriba almashish, zamonaviy yo‘nalishlarni muhokama qilish va innovatsion yechimlarni targ‘ib etish uchun professional maydon vazifasini o‘tagan anjumanda dunyoning 20 ta mamlakatidan 100 nafardan ortiq mutaxassis ishtirok etdi.

Mazkur nufuzli konferensiyada Toshkent davlat yuridik universiteti Axborot-resurs markazi direktori Xaytgul Pirmedova “Электронная платформа вузовских библиотек Республики Узбекистан: путь к цифровой трансформации и доступности образовательных ресурсов” (“O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari kutubxonalarining elektron platformasi: raqamli transformatsiya va ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlariga yo‘l”) mavzusida ma’ruza qildi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar