Koreya xalqaro hamkorlik agentligi vakillari — KOICA O‘zbekiston ofisi direktori SHIN Myung Seop, tadqiqot guruhi rahbari Lee Vonjae Toshkent davlat yuridik universitetida tashrif buyurdi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan uchrashuvda TDYU rektori v.b., professor Islambek Rustambekov va universitet mas’ullari ishtirok etdi.
Uchrashuvda 14,5 million AQSH dollarlik “Sun’iy intellektga asoslangan yuridik xizmat muhitini yaratish va Koreya — O‘zbekiston raqamli huquq markazini tashkil etish” loyihasi muhokama qilindi.
Qayd etilganidek, 2026-yildan boshlab amalga oshirilishi rejalashtirilgan mazkur loyiha doirasida O‘zbekistonning yuridik sohasi, sud tizimi va ta’lim tizimiga zamonaviy sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, yuridik xizmatlar uchun raqamli muhit yaratish, huquqiy ekspertizani avtomatlashtirish, sun’iy intellekt yordamida huquqiy tahlil tizimlarini ishlab chiqish rejalashtirilgan.