Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2025 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU hamkori bo‘lgan Voronej davlat universiteti 2-3-bosqich talabalari uchun akademik mobillik dasturini e’lon qildi

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlardan GPA 70% dan kam bo‘lmasligi va rus tilini bilish talab qilinadi.

Xorijiy oliy ta’lim muassasasida akademik mobillik dasturi bo‘yicha o‘qishni istagan talabalar quyidagi hujjatlarni 5-noyabrga qadar dekanatlarga taqdim etishi kerak:
1. Akademik transkipt nusxasi.
2. Xorijga chiqish pasportining shaxsiy maʼlumotlar yozilgan varag‘i nusxasi.
3. Faollik to‘g‘risidagi boshqa sertifikatlar.
4. Bog‘lanish uchun ma’lumotlar.

Loyiha 2025/2026-o‘quv yilining 2-semestrini xorijiy hamkor universitetda to‘lov-kontrakt to‘lanmagan holda o‘qish imkonini beradi. Lekin talaba TDYUda to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan bo‘lsa, kontrakt to‘lovini to‘laydi va boshqa barcha xarajatlar (transport, viza, sug‘urta, yotoqxona va yashash xarajatlari)ni qoplaydi.