--:--:-- ·
TDYU 35 YOSHDA ✦✦✦✦
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2026 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUda dual ta’lim samaradorligini oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi

Toshkent davlat yuridik universitetida dual ta’lim samaradorligini oshirish, talabalarni real kasbiy muhitga faol jalb etish va amaliy mashg‘ulotlar sifatini yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

TDYU rektori, professor Baxshillo Xodjayev boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda fakultet dekanlarining dual ta’lim jarayoni, talabalarning amaliyotdagi ishtiroki va hamkor tashkilotlar bilan olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborotlari eshitildi.

Muhokamalar davomida quyidagi ustuvor vazifalar belgilandi:
— “Dual ta’lim oyligi” doirasida amaliyot tashkilotlariga muntazam tashrif buyurish, talabalarning davomati, mashg‘ulotlardagi ishtiroki va yaratilgan sharoitlarni joyida o‘rganish;
— har bir talabaning amaliyot dasturidagi vazifalarni bajarishi, nazariy bilimlarini real ish jarayonida qo‘llashi va zarur kasbiy ko‘nikmalarni egallashini ta’minlash;
— fanlar kesimida amaliy oraliq nazorat shakllari va mezonlarini ishlab chiqish, ularni real kasbiy vazifalar bilan uyg‘unlashtirish;
— talabalarning amaliyotdagi faoliyatini zamonaviy texnologiyalar orqali nazorat qilish mexanizmlarini rivojlantirish.

Yig‘ilishda talabalarning amaliyotdagi ishtirokini zamonaviy raqamli yechimlar asosida nazorat qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish masalasi ham tahlil qilinib, dual ta’lim monitoringini raqamlashtirishga qaratilgan yangi yechimlar taqdim qilindi. Xususan, Jinoiy odil sudlov hamda Biznes huquqi va sud himoyasi fakultetlari tomonidan ishlab chiqilgan platformalar va nazorat mexanizmlari ko‘rib chiqilib, ularni takomillashtirish hamda digital.tsul.uz platformasi bilan integratsiya qilish imkoniyatlari yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

Shuningdek, universitet rahbariyati tomonidan amaliyot bazalaridagi jarayonlarni bevosita o‘rganish va kelgusi semestr uchun dual ta’limni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish belgilandi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar

Qabul bo'yicha murojaat boti