Ushbu dasturda o‘qishni xohlagan nomzodlardan o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (GPA) 75 foizdan kam bo‘lmasligi hamda ingliz tilini bilishi (kamida IELTS 5.5) talab etiladi.
Akademik mobillik dasturida ishtirok etishni istagan talabalar quyidagi hujjatlarni 5-noyabrga qadar fakultet dekanatlariga topshirishi zarur:
– akademik transkipt nusxasi;
– xorijga chiqish pasportining shaxsiy maʼlumotlar yozilgan varag‘i nusxasi;
– ingliz tilini bilish sertifikati;
– faollik to‘g‘risida boshqa sertifikatlar (agar mavjud bo‘lsa);
– bog‘lanish uchun ma’lumotlar.
Loyiha xorijiy hamkor universitetda 2025/2026-o‘quv yilining 2-semestrini to‘lov-kontrakt to‘lamasdan o‘qish imkonini beradi. Lekin talaba TDYUda to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan bo‘lsa, kontrakt to‘lovini to‘laydi va boshqa barcha xarajatlar (transport, viza, sug‘urta, yotoqxona va yashash xarajatlari)ni qoplaydi.
Load More Post...