Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2025 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU hamkori bo‘lgan Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti 2-3-bosqich talabalari uchun akademik mobillik dasturini e’lon qildi

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlardan o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (GPA) 60% dan kam bo‘lmasligi va rus tilini bilish talab qilinadi.

Xorijiy oliy ta’lim muassasasida akademik mobillik dasturi bo‘yicha o‘qishni istagan talabalar quyidagi hujjatlarni 1-dekabrga qadar dekanatlarga taqdim etishi kerak:
1. Akademik transkipt nusxasi.
2. Xorijga chiqish pasportining shaxsiy maʼlumotlar yozilgan varag‘i nusxasi.
3. Faollik to‘g‘risidagi boshqa sertifikatlar.
4. Bog‘lanish uchun ma’lumotlar.

Onlayn tadbirlarda taqdim etilgan sertifikatlar, tavsiyanomalar qabul qilinmaydi.

Loyiha 2025/2026-o‘quv yilining 2-semestrini xorijiy hamkor universitetda to‘lov-kontrakt to‘lanmagan holda o‘qish imkonini beradi. Lekin talaba TDYUda to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan bo‘lsa, kontrakt to‘lovini to‘laydi va boshqa barcha xarajatlar (transport, viza, sug‘urta, yotoqxona va yashash xarajatlari)ni qoplaydi.

Hamkor universitet yotoqxonasida yashash pullik.