Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Toshkent davlat yuridik universiteti bosqichma-bosqich transformatsiya qilinadi

TDYU Transformatsiya bo‘limi tomonidan Toshkent davlat yuridik universitetini Buyuk Britaniyaning QAA — Sifat kafolati agentligi tomonidan o‘tkaziladigan xalqaro akkreditatsiyaga tayyorlab borishga kirishildi.

Shu munosabat bilan 13-15-iyun kunlari “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat tashkilotining moliyaviy ko‘magida o‘quv dasturlari (sillabuslar)ni xalqaro standartlarga moslashtirgan holda takomillashtirishga qaratilgan trening tashkil etildi. Mashg‘ulotlar Buyuk Britaniyadan tashrif buyurgan ekspert-trenerlar: professor Richard Graims (mustaqil ekspert) va York universiteti Huquq maktabi professor Stefan Levet tomonidan olib borildi.

Treningda universitetning Transformatsiya bo‘limi, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi, O‘quv-uslubiy boshqarmasi (Registrator ofisi), fakultet dekanlarining o‘quv yo‘nalishi bo‘yicha o‘rinbosarlari, kafedralarning o‘quv yo‘nalishiga mas’ul professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Mashg‘ulotlar davomida o‘quv dasturlari (sillabuslar)ga Buyuk Britaniyaning QAA talablari, sillabuslar asosida baholash va o‘qitish, ChatGPTning o‘quv dasturlariga ta’siri, o‘quv rejasi va sillabuslarning aloqasi, moduldan kutilayotgan natijalarni belgilashda SMART tamoyili, assessmentni ishlab chiqishda e’tibor qaratish kerak bo‘lgan muhim jihatlar muhokama qilindi.

Ishtirokchilar treningda o‘zlashtirgan ma’lumotlari asosida o‘z tarkibiy bo‘linmalarida seminar tashkil etadi va yangiliklarni hamkasblariga yetkazadi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar