Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU “World’s Universities with Real Impact” xalqaro reytingining TOP-100 ro‘yxatidan joy egalladi

“World’s Universities with Real Impact” (WURI) xalqaro reytingi natijalari e’lon qilindi.

Reyting natijalariga ko‘ra, Toshkent davlat yuridik universiteti talabalarning harakatchanligi va ochiqligi yo‘nalishi bo‘yicha 51-o‘rinni, WURI global umumiy reytingida 101-o‘rinni egalladi.

“World’s Universities with Real Impact” (WURI) xalqaro reytingi Amerika, Osiyo, Yevropa va Afrika davlatlarining eng nufuzli universitetlari tomonidan tashkil etilgan global reyting hisoblanadi.

WURI reytingi universitetlarni 5 ta yo‘nalish: sanoat dasturlari, yangi startap dasturlari va tadbirkorlik, axloqiy qadriyatlar, talabalarning harakatchanligi va faolligi, inqirozni boshqarish, to‘rtinchi sanoat inqilobi bo‘yicha eng yaxshi innovatsion loyihalar orqali baholaydi. 2023-yilda reytingda 800 dan ortiq innovatsion loyiha ko‘rib chiqildi.

Ma’lumot uchun: WURI 2023 reytingida eng yuqori pog‘onalarni Minerva Universiteti (AQSH), Arizona davlat universiteti (AQSH), Massachusetts texnologiya instituti (AQSH) va Stanford universiteti (AQSH) egalladi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar