Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU jamoasi — “Children’s Rights Moot Court 2023” tanlovi sovrindori

“Children’s Rights Moot Court 2023” tanlovining og‘zaki raundlari yakunlandi.

Onlayn tarzda o‘tkazilgan xalqaro musobaqada 36 ta jamoa ishtirok etdi.

Leiden universitetining huquq maktabi tomonidan “Baker McKenzie” yuridik firmasi bilan hamkorlikda har ikki yilda bir marotaba tashkil etiladigan nufuzli musobaqada O‘zbekiston sharafini Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari Zuhra Abdurashidova, Sevarabonu Bekkulbekova, Sarvarbek Abduazizov, Ra’no Abdunayimovadan iborat jamoa himoya qildi.

TDYU “Ma’muriy va moliya huquqi” kafedrasi o‘qituvchilari Humoyun Soyipov va Asal Jo‘rayeva murabbiylik qilgan jamoa saralash bosqichida Londonning Brunel univeriteti jamoasi, Hindistonning ikki jamoasi hamda Pokiston jamoalari bilan kuch sinashgan bo‘lsa, chorak finalda Afrika mintaqasining jamoasi, yarim finalda yana bir hindistonlik jamoa ustidan g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Final bosqichida TDYU jamoasi Janubiy Afrika mintaqasining Pretoria universiteti (University of Pretoria) jamoasi bilan bellashib, 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.



Final bahsini quyidagi link orqali tomosha qilishingiz mumkin: (https://bakermckenzie.zoom.us/rec/share/9VRrKry5j2_wSB8X4sicgWXnBmZ--3olUkOF_JMbnwRROeUsC-NYQhnoZCSRIq6Y.8XvxPSKQFL7XbwQL
Parol: A9TX&K*r

Xalqaro tanlov haqida batafsil…⁠⁠⁠⁠⁠⁠⁠

Hodisalar

Barcha e'lonlar