Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU professor-o‘qituvchilari Qozon federal universitetida ma’ruza qildi

Toshkent davlat yuridik universiteti Davlat va huquq nazariyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari Rossiya Federatsiyasining Qozon federal universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida universitetning yuridik fakulteti talabalari uchun mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Mashg‘ulotlarda Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi dotsenti v.b. S.Muratayev, Davlat va huquq nazariyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari M.Sadikov, Sh.Hayitov, A.Xo‘janazarov va A.Sodikov “Ijtimoiy munosabatlar va huquq” mavzusida ma’ruza qilishdi.

Interaktiv metodlar asosida olib borilgan mashg‘ulotlarda universitet talabalarining mavzu yuzasidan savollariga javob qaytarildi.

Eslatib o‘tamiz, tashrif doirasida professor-o‘qituvchilarimiz “Kazan digital week 2023”da ham ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun: Qozon federal universiteti THE reytingida 801–1000-o‘rindagi oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar