Joriy yilning 4–5-aprel kunlari O‘zbekistonda yana bir muhim xalqaro tadbir — Samarqand iqlim forumi o‘tkazildi.
Mamlakatimizda ilk bora tashkil etilgan mazkur nufuzli anjumanda, BMTning ekologiya yo‘nalishidagi tashkilotlari, konvensiyalari yetakchilari, qator davlatlar, xalqaro tashkilotlar va agentliklarning (UNCCD, FAO, UNIDO, UNECE, ICBA va hokazo) ekologiya sohasiga mas’ul rahbarlari, siyosatchilar, ekspertlar, olimlar, ekofaollar hamda boshqa ko‘plab xorijlik mutaxassislarning ishtirok etdi.
Forumda Markaziy Osiyo va dunyo mamlakatlari duch kelayotgan iqlim muammolari, iqlim o‘zgarishi masalalari, adaptatsiya va yashil energetika istiqbollari muhokama qilindi.
Xalqaro anjumanda Toshkent davlat yuridik universiteti Ekologiya huquqi kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori Shuhrat Fayziyev va Ommaviy huquq fakulteti talabasi Uktoy Sanaqulov ham qatnashdi.