Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Toshkent mediatsiya markazi va Investorlar nizolarini hal qilish markazi o‘rtasida anglashinuv memorandum imzolandi

Toshkent mediatsiya markazi direktori Diyorbek Kimsanov, Toshkent davlat yuridik universiteti Ingliz huquqi va Yevropa Ittifoqi huquqi kafedrasi mudiri Sardor Mamanazarov hamda kafedra professori Maged Shebaitalar Misrning Umumiy investitsiya va erkin iqtisodiy zonalar agentligi (GAFI) hamda Investorlar nizolarini hal qilish markazi (IDSC)ga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida delegatsiya a'zolari GAFI va IDSC faoliyati bilan yaqindan tanishib, mazkur tashkilotlarning tuzilishi, vakolatlari, ish yuritish tartibi va investorlar nizolarini hal qilishda qo‘llanilayotgan zamonaviy yondashuvlar haqida ma’lumot oldi.

Tashrif doirasida Toshkent mediatsiya markazi va Investorlar nizolarini hal qilish markazi (IDSC) o‘rtasida anglashinuv memorandumi imzolandi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan uchrashuvda tomonlar kelgusidagi rejalarni muhokama qildi.

Ta’kidlanganidek, mazkur memorandum ikki tashkilot o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishning huquqiy asosi bo‘lib, mazkur hamkorlik O‘zbekistonda mediatsiya institutini rivojlantirish va investitsion muhitni yaxshilashga xizmat qiladi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar