Samarqandda O‘zbekiston va Italiya Respublikalari universitetlari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekistonning Italiyadagi elchixonasi, Italiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamda O‘zbekiston va Italiya oliy o‘quv yurtlari vakillari ishtirok etdi.
Davra suhbatida Toshkent davlat yuridik universiteti rektori v.b., professor, Dr. Islambek Rustambekov so‘zga chiqdi.
Bundan tashqari, davra suhbati doirasida TDYU rektori v.b., professor, Dr. Islambek Rustambekov va Roma Tre universiteti rektori Massimiliano Fioruchchi o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilib, ikki universitet o‘rtasida qo‘shma fakultet tashkil etish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Hujjatga ko‘ra, TDYUda Yevropa huquqi bo‘yicha qo‘shma fakultet tashkil etiladi. Ushbu fakultetda ta’lim Roma Tre universiteti o‘quv dasturi asosida olib boriladi.
Bundan tashqari, an’anaviy darslarga (oflayn shaklda) hamkor universitetning o‘qituvchilari jalb qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yil sentabrda TDYU va Roma Tre universiteti o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi imzolangan.