--:--:-- ·
TDYU 35 YOSHDA ✦✦✦✦
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Oʼzbekcha
English Русский
Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2026 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU rektori dunyoning 100 ga yaqin mamlakati universitetlari rahbarlarini birlashtiruvchi xalqaro assotsiatsiya a’zoligiga qabul qilindi

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori, yuridik fanlar doktori, professor Baxshillo Xodjayev nufuzli International Association of University Presidents (IAUP) a’zoligiga qabul qilindi.

IAUP — dunyoning qariyb 100 ta mamlakatidagi universitet prezidentlari, rektorlari va boshqa oliy ta’lim muassasalari rahbarlarini birlashtiruvchi global akademik tarmoqdir. 1965-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan assotsiatsiya xalqaro akademik hamkorlikni kengaytirish, ta’lim sifatini oshirish, universitet boshqaruvida ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va akademik yetakchilikni rivojlantirishga xizmat qiladi.

IAUPning xalqaro nufuzi BMT tizimi bilan hamkorligi bilan ham ajralib turadi. Xususan, tashkilot BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi (ECOSOC) huzurida konsultativ maqomga ega, YUNESKO bilan rasmiy konsultativ aloqalarni amalga oshiradi. Shuningdek, ushbu tashkilot BMT bilan konsultativ munosabatlardagi nodavlat tashkilotlar konferensiyasi — CoNGOning to‘laqonli a’zosi hisoblanadi.

Mazkur tashkilotga a’zolik dunyoning yetakchi universitetlari rahbarlari bilan bevosita hamkorlik aloqalarini kengaytirish, nufuzli xalqaro konferensiyalar, akademik yetakchilik forumlari va strategik muloqotlarda ishtirok etish, universitet boshqaruvi va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan yangi hamkorlik loyihalarini rivojlantirish hamda BMT, YUNESKO va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi oliy ta’limga oid global tashabbuslarda ishtirok etish imkoniyatini beradi. 

Professor Baxshillo Xodjayevning IAUP a’zoligiga qabul qilinishi Toshkent davlat yuridik universitetining xalqaro akademik maydondagi ishtirokini kengaytirish, global hamkorlikni mustahkamlash hamda universitetning xalqaro nufuzini yanada oshirish yo‘lidagi muhim qadamdir.

Hodisalar

Barcha e'lonlar

Qabul bo'yicha murojaat boti