Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUga qabul bo‘yicha yuridik texnikum bitiruvchilari bilan o‘tkazilgan suhbat natijalari e’lon qilindi

Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kirish uchun Adliya vazirligi yuridik texnikumlarining bitiruvchilari bilan o‘tkazilgan suhbat natijalari e’lon qilindi.

Xabarigiz bor, 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab Adliya vazirligi yuridik texnikumlarining yo‘llanmaga ega bitiruvchilari Toshkent davlat yuridik universitetiga kirish test sinovlarisiz, yakka tartibda suhbat o‘tkazish orqali o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.

Shunga muvofiq, 13-avgustda yakka tartibdagi suhbat ochiq va shaffof tarzda o‘tkazilgan edi.

Yakka tartibdagi suhbat natijalari 100 ballik tizimda baholandi.

Yakka tartibdagi suhbat natijalari bilan quyidagi havola orqali tanishingiz mumkin.

Hodisalar

Barcha e'lonlar