Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU talabasi Navro‘z bayrami munosabati bilan tashkil etilgan insholar tanlovida g‘olib bo‘ldi

Navro‘z — umumxalq bayrami munosabati talabalar va o‘quvchilar o‘rtasida respublika insholar tanlovi o‘tkazildi. Unda respublika miqyosida oliy ta’lim muassasalari, akademik litsey va maktablardan 5000 nafardan ziyod talaba va o‘quvchi ishtirok etdi.

Tanlovda ijodiy ishlarni baholashda insholarning mazmun-mohiyati, mavzu qay darajada ochib berilgani, tarixiy ma’lumotlar va faktlardan foydalanilganiga alohida e’tibor qaratildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Toshkent davlat yuridik universiteti “Jinoiy odil sudlov” fakulteti talabasi Farzona Qayumovaning “Bahor Navro‘zdan boshlanadi” sarlavhali inshosi hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholanib, 1-o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Tanlovning g‘olib va sovrindorlari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar