Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2022/2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasi tomonidan Yunusobod tumanidagi “Islomobod”, “Qashqar”, “Xusniobod”, “Buyukto‘ron”, “Mirzo Ulug‘bek”, “Firdavsiy”, “Turkqo‘rg‘on”, “Ustashirin”, “Astrobod” mahallari hamda ushbu hududda joylashgan 7 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar bilan “mahallabay” ishlash tizimi asosida qator ishlar amalga oshirilmoqda.



— Xususan, mahallalarning pasporti shakllantirilib, yoshlarga oid ma’lumotlar bazasi shakllantirildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu hududda 5696 nafar yigit-qiz istiqomat qilayotgan bo‘lsa, ularning 20 nafari “Temir daftar”ga, 20 nafari “Yoshlar daftari”ga, 106 nafari “Ayollar daftari”ga kiritilgan. 


— Mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda yoshlarning san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitobxonlik, ilm-fan, tadbirkorlikka keng jalb etish, qiziqishini oshirish va bu borada zarur ko‘nikmalarni berish maqsadida 20 dan ortiq reja-grafik tasdiqlandi.


— Mahallalarda universitet xodimlari va professor-o‘qituvchilar tomonidan uyushmagan yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash va munosib sharoitlar yaratish maqsadida qator loyihalar amaliyotga tatbiq etilmoqda. 


— “Islomobod”, “Firdavsiy”, “Ustashirin” mahallalarida yoshlar uchun 6 ta tadbirkorlik kurslari tashkil etildi. 


— Kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj 56 ta oila holidan xabar olinib, ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari, maishiy texnika vositalari va ularning farzandlari uchun zarur konselyariya mahsulotlari va o‘yinchoqlar taqdim etildi. 


— Mahallalardagi o‘rganishlar mobaynida yoshlar tomonidan bildirilgan 45 ta murojaatning 23 tasi ijobiy hal etildi. 


— 9 ta mahallaning barchasida ingliz tili kurslarini tashkil etilmoqda.


— Barcha mahalla fuqarolar yig‘inlari binolarida yoshlar uchun Wi-Fi zonalarini tashkil etildi. 


— Uyushmagan yoshlar ro‘yxatiga kiritilgan 16 nafar yigit-qiz bilan alohida muloqotlar tashkil etilib, hozirga qadar ularning 9 nafariga moddiy va amaliy yordam ko‘rsatildi.


— Fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularni o‘ylantirayotgan huquqiy masalalarga yechim topish hamda amaliy-huquqiy ko‘mak berish maqsadida universitet Yuridik klinikasining sayyor qabullarini tashkil etish bo‘yicha reja-grafik tasdiqlandi va tegishli huquqiy maslahatlar berish tizimi yo‘lga qo‘yildi.


— 3 ta mahalla fuqarolar yig‘inida turli sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etilib, g‘oliblar munosib rag‘batlantirildi. Shuningdek, barcha mahallalarda futbol jamoalarini shakllantirib, ular o‘rtasida “Rektor kubogi” musobaqalarini tashkil etish rejalashtirilgan.


— Mahalla yoshlarining sport bilan shug‘ullanishi uchun keng imkoniyat yaratish maqsadida ularning universitet sport majmuasidan foydalanishi uchun reja-grafiklar tasdiqlandi.


— Yoshlari o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida mahallalarda “Toshkent davlat yuridik universiteti kutubxonalari” tashkil etildi. Mazkur kutubxonalarga ikki mingga yaqin yuridik va badiiy adabiyotlar taqdim etildi.