Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2024 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“Ta’lim va karyera” ta’lim ko‘rgazmasi yakunlandi

Toshkent davlat yuridik universitetida Rossiya Federatsiyasining Moliyaviy monitoring bo‘yicha federal xizmati (moliyaviy razvedka), Xalqaro tarmoq instituti hamda Moliyaviy monitoring bo‘yicha xalqaro ilmiy-metodologik markazi (MUMSFM) bilan hamkorlikda “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida taʼlim va karyera” ta’lim ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

Ko‘rgazmaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Svetlana Artikova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, TDYU rektori v.v.b. Islambek Rustambekov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i Dilshod Rahimov, Moliyaviy monitoring bo‘yicha xalqaro ilmiy-metodologik markazi direktori o‘rinbosari Irina Shilina, “Россотрудничества”ning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Mixail Vojdayev so‘z olib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida malakali kadrlarni tayyorlash muhim vazifalardan ekanini alohida ta’kidladi.

“Ta’lim va karyera” ta’lim ko‘rgazmasida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyadan Xalqaro tarmoq institutiga a'zo bo'lgan 11 ta oliy ta'lim muassasasi: “MMFI” Milliy tadqiqot yadro universiteti, I.S.Turgenev nomidagi Orlov davlat universiteti, Rostov davlat iqtisodiyot universiteti, Sibir federal universiteti Biznes jarayonlarini boshqarish instituti, Tinch okeani davlat universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent moliya instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi fiskal insituti, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ishtirok etdi.

Ko‘rgazma doirasida moliyaviy xavfsizlik va moliyaviy tekshiruv boʻyicha ochiq maʼruzalar, mahorat darslari, "Grafus" o‘quv trenajyorida mashg‘ulotlar, Rossiya Federatsiyasining oliy ta’lim muassasalari vakillari va soha mutaxassislari bilan uchrashuvlar, O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi ta’lim muassasalari vakillari o‘rtasida uchrashuvlar tashkil etildi.

So`ngi yangiliklar

Barcha yangiliklar

Hodisalar

Barcha e'lonlar