Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TSUL Vis Moot jamoasi xalqaro arbitraj bo‘yicha dunyodagi eng yirik tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda

Jamoa tanlovning birinchi bosqichidagi ikkita asosiy memorandumdan birinchisi — Da’vogarning manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi memorandumini topshirdi.

Ayni paytda jamoa a’zolari Javobgarning manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi ikkinchi memorandumni tayyorlamoqda.

Yaqin kunlarda jamoa a’zolari Commercial Law Development Program tomonidan Markaziy Osiyodagi Amerika universiteti (Bishkek shahri) bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan onlayn-treninglarda ishtirok etadi.

TSUL Vis Moot jamoasi a’zolarini ushbu xalqaro tanlovga TDYU bitiruvchilari Najmiddin Jamoliddinov, Nodir Malikov, Shahzoda To‘ychiyeva, Hotam Abdullayev va Maxshar Rahimov hamda "White&Case" xalqaro yuridik firmasi mutaxassislari tayyorlamoqda.

Hodisalar

Barcha e'lonlar