Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYU jamoasi “O‘zbekiston — Fransiya” do‘stlik jamiyati tomonidan o‘tkazilgan tadbirda “Eng ravon talaffuz” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi

“Ozbekiston — Fransiya” do‘stlik jamiyati tomonidan “Siz O‘zbekiston — Fransiya diplomatik va do‘stona aloqalarini bilasizmi?” nomli tadbir tashkil etildi.

Oliy ta'lim muassasalari fransuz tili yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarni birlashtirish va tajriba almashish maqsadida tashkil etilgan tadbirda Toshkent davlat yuridik universitet “Xorijiy tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Irina Ayrapetyan va kafedra o‘qituvchisi Miraziz Raufov hamda universitet talabalari — Sadiya Saidkarimova, Ikrom Yaxyoyev, Bekzod Shoyimov, Shoira Nazarova, Aziz Isoqov ishtirok etdi.

O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi diplomatik aloqalarning 30 yilligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-22-noyabr kunlari Fransiyaga tashrifi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda mamlakatimizning beshta universitetidan tashrif buyurgan ishtirokchilar o‘zaro kuch sinashdi va har bir jamoa turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi.

Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti jamoasi “Eng ravon talaffuz” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib topildi.

Ishtirokchilar “O‘zbekiston — Fransiya” do‘stlik jamiyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Hodisalar

Barcha e'lonlar