Universitet Ta'lim Ilmiy-innovatsion faoliyat
Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul 2023 SDG
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

“O‘zbekiston Street Law Akademiyasi” yakunlandi

Akademiya tadbirlarida Toshkent davlat yuridik universiteti, Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat universiteti yuridik fakulteti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar yuridik texnikumlarining “Street Law” loyihasi koordinatorlari, professor-o‘qituvchilari va volontyor-talabalari oʻz taqdimotlari bilan ishtirok etib, loyiha darslarini olib borishga doir tajribalari bilan oʻrtoqlashdi.

Shuningdek, ishtirokchilar guruhlarga boʻlinib, interaktiv mashgʻulotlarni olib borish, refleksiyani rivojlantirish, interaktiv oʻqitish metodlariga doir sessiyalarda ishtirok etdi va “Street Law” darslari ishlanmalarini yozish texnologiyasini oʻrgandi.

Yakunda akademiya ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi.

Ma’lumot uchun: “O‘zbekiston Street Law Akademiyasi” TDYU va yuridik texnikumlarning Street Law loyihasi volontyor-o‘qituvchilari va volontyor-talabalari (volontyor-o‘quvchilari)ga loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq orttirilgan tajribalarni o‘rtoqlashish va muhokama qilish uchun yaratilgan platformadir.

Hodisalar

Barcha e'lonlar